У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent metrosiga oylik yo‘l chiptalari qaytdi

calendar 29.09.2016
1714

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi Toshkent metropoliteni uchun oylik yo‘l chiptalari qaytarilganini ma’lum qildi.

Kompaniya saytidagi axborotga ko‘ra, mazkur qaror “Toshkent aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, shuningdek, yo‘lovchilarning shahar yo‘lovchi transportidagi xarajatlarini iqtisod qilish maqsadida” qabul qilingan.

Hozir amalda bo‘lgan oylik yo‘l chiptalari:

  • N (nafaqaxo‘r va nogironlar uchun — avtobus) — 60 000 so‘m
  • T (talabalar uchun — avtobus) — 60 000 so‘m
  • O‘ (o‘quvchilar uchun — avtobus) — 60 000 so‘m
  • AV (umumiy aholi uchun — avtobus) — 120 000 so‘m

seriyalariga qo‘shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun:

  • NM (nafaqaxo‘r va nogironlar uchun — avtobus va metro) — 83 000 so‘m
  • TM (talabalar uchun — avtobus va metro) — 83 000 so‘m
  • O‘M (o‘quvchilar uchun — avtobus va metro) — 83 000 so‘m
  • AVM (umumiy aholi uchun — avtobus va metro) — 166 000 so‘m

oylik yo‘l chiptalari joriy etildi.

Yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari 2016-yil 29-sentabrdan sotuvga chiqarildi.

Яндекс.Метрика