У нас есть только
оригинальные песни

“Toshkent, seni sevaman!” filmi uchun ssenariylar tanlovi e’lon qilindi

calendar 25.08.2014
2342
Toshkentdagi "Kinoprom” kompaniyasi "Toshkent, seni sevaman!” kinoto‘plamini ishlab chiqarishga kirishmoqda, shu maqsadda professional ssenariynavislar va dramaturglar o‘rtasida ssenariylar tanlovini e’lon qildi. Tanlov hakamlari kinoto‘plam asosini tashkil etuvchi o‘nta eng yaxshi asarni tanlab oladi. Bu haqda Kinoshniki Xabar Beradi

"Toshkent, seni sevaman!” turli rejissorlar tomonidan yaratilgan va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan besh daqiqalik o‘nta kinonovelladan iborat bo‘ladi. O‘z shakliga ko‘ra, loyiha Fransiyaning "Parij, seni sevaman!”, Amerikaning "Nyu-York, seni sevaman!”, Rossiyaning "Moskva, seni sevaman!” filmlarini takrorlaydi.

Loyiha tashabbuskori "Kinoprom” kompaniyasidir. Film tayyor bo‘lgach, dunyoning 200 ta kinofestivaliga to‘liq shaklda yoki qisman yuboriladi. Bundan tashqari, kinoteatrlarda namoyish etiladi, shuningdek internetdagi ommabop kinoportallarga joylashtiriladi.

Ssenariylar uchun xiyonat, xudbinlik, ko‘r sevgi, rashk, ehtiros va bevafolik kabi o‘nta mavzu taqdim etildi.

Ishtirokchilardan ssenariylarning odob-axloq talablariga javob berishi, milliy mentalitetni hisobga olishi so‘rab qolingan. Ssenariylarni qabul qilish muddati 31-avgust kuni tugaydi.

Яндекс.Метрика