Toshkent shahar IIBB boshlig'i shaxsiy tarkibni ko'rikdan o'tkazdi

9 dekabr kuni Toshkent shahrining Bunyodkor stadioni avtoturargohida IIBBning shaxsiy tarkibini ko'zdan kechirish va xizmat qilishda yuksak natijalarni ko'rsatgan bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotlash tadbiri bo'lib o'tdi. 

Tadbirda ishtirok etgan ShIIBB boshlig'i general-mayor Bahodir Qurbonovning ta`kidlashicha, shahar ichki ishlar xodimlari hukumat tomonidan qo'yilayotgan vazifalarni sidqidildan bajarib, bildirilayotgan ishonchni oqlash borasida yanada jiddiy faoliyat ko'rsatishi lozim. 

“Yaqinda, 24 dekabrda Toshkent shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi. Undan so'ng xalqimiz intiqlik bilan kutayotgan va keng nishonlaydigan Yangi yil bayrami tantanalari bo'lib o'tadi. Shahar aholisi saylovni va bayramni tinch-osoyishta o'tkazib olishi ichki ishlar idoralariga yanada jiddiy mas`uliyat yuklaydi”, - dedi general-mayor Bahodir Qurbonov.

Tadbirda shahar IIBB xodimlarining bir guruhini xizmat faoliyatini amalga oshirishdagi xizmatlarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Ular ShIIBB tomonidan moddiy mukofotlar bilan rag'batlantirildi.

Xususan, yaqinda Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan 3 nafar xavfli jinoyatchini aholiga ziyon-zahmat yetkazmasdan ushlashda jonbozlik ko'rsatgan xodimlar, Bektemir tumanidagi qotillik jinoyatini fosh etgan bir guruh jinoiy-qidiruv boshqarmasi vakillari hamda boshqa ichki ishlar idoralari vakillari mukofotlandilar.

Shundan so'ng, Toshkent ShIIBB boshlig'i shahar ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibini ko'zdan kechirdi. Unda shahar IIBB tarkibiga keltirilgan yangi texnikalar namoyishi ham bo'lib o'tdi.

 


Комментарии (0) | Добавить: 10.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi
Kichik tahlil. «O‘zbektelekom» AK xizmatlarining narxlari qanchalik qimmat?
Dunyodagi birinchi beton kolonka: unda baland musiqa eshitilganida ham tebranish bo‘lmaydi
Turistlar nega O‘zbekistonga tashrif buyurmaydi?
Imomali Rahmon Rog'un GES bo'yicha topshiriq berdi
Ish beruvchilar homiladorlik va tug'ruq bo'yicha nafaqani o'z hisoblaridan to'lashda davom etadi
2018 yildan boshlab kimlar xorijiy til test sinovidan ozod etiladi?
Xitoy AQShni ayblab chiqdi
Aholi yangi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun haq to'lamaydi
Yandeks.Taksi O'zbekistonga kirib kelmoqda
Ichimlik suvi sifatini tekshirish uchun oddiy test ishlab chiqildi
Instagram so'nggi tashrif vaqtini ko'rsatadigan bo'ldi