Toshkent shahar IIBB boshlig‘i ichki ishlar vaziri o‘rinbosari maqomini oldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq tizimda bir qatorda lavozimlar joriy etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i. Unga jamoat tartibini samarali saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shu jumladan, biriktirilgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish huquqi berildi.

Bosh boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda barcha sohaviy xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashgan hamkorligini ta’minlash uchun javob beradi. 

Muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi. Unga to‘lanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida byudjet mablag‘lari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i har 10 kunda Toshkent shahar aholisi bilan poytaxt ichki ishlar organlari faoliyati masalalari bo‘yicha mahalliy telekanallar efirlarida maxsus ko‘rsatuvlarni berib borish orqali ochiq muloqot o‘tkazadi. Har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari har chorakda, ularning o‘rinbosarlari esa har oyda Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hisobot beradi, bunda ular tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ruhda muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek, egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi. 

Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari har oyda aholi oldida biriktirilgan hududlarda, har 6 oy davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi barcha oilalarni qamrab olgan holda, ular tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan choralar yuzasidan hisobot beradi. 

Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari lavozimlari ustuvorlik asosida profilaktika katta inspektorlari orasidan jamlanadi. Intizomiy jazo chorasi sifatida yoxud boshqa salbiy holatlarga ko‘ra, ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalaridan o‘tkazilayotgan xodimlarni Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozim bo‘yicha biriktirilgan hududdagi fuqarolar yig‘ini kengashlari tarkibiga kiradi, yangi tayinlangan profilaktika inspektorlarini mahalla fuqarolar yig‘ini oldida tanishtirish majburiy tartibda tuman hokimi va prokurori, muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 

Toshkent shahri profilaktika inspektorlarining hududlararo rotatsiyasi faqat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Bosh boshqarma boshlig‘i bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bosh boshqarmaga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi.


Комментарии (0) | Добавить: 15.02.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi