У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahri ko'chalaridan birida benzovoz ag'darilib ketdi

calendar 15.01.2016
2307

15 yanvar kuni tongida Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida benzovoz ishtirokida yo'l transport hodisasi yuz berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarga bu hodisa tasvirlangan suratlar joylashtirilgan. Suratlarda Oqtepa maydoni hududida benzin tashuvchi tsisternali avtomobil ag'darilganini ko'rish mumkin.

Guvohlar tsisterna ichidagi benzin oqib ketganini aytishgan.

«Voditeli Tashkenta» foydalanuvchilarining shu haqdagi post ostida yozgan izohlarida ma'lum qilinishicha, bir necha soat mobaynida avtohalokat hududi to'sib qo'yilgan holatda bo'lgan, o't o'chiruvchilar benzin to'kilgan joylarni yuvib chiqishgan.

Яндекс.Метрика