У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskada bo'lganlarning qarindoshlari propiska qilinishi mumkinmi?

calendar 24.09.2016
2258

2016 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev tomonidan imzolangan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonunning 21-moddasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo'lganlar o'z qarindoshlarini propiskaga qo'yishlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan. 

Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shahslar – O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yhati izohi” quyidagicha bayon etiladi:

“Izoh: mazkur Ro'yhatning 2, 3, 5, 9-12 bandlariga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi”. 

Яндекс.Метрика