У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahri yaqinida kuchli yong‘in kelib chiqdi

calendar 24.08.2015
2429


Toshkent shahri ostonasiga yaqin hududda katta yong‘in va kuchli portlash yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram kabi lahzalik xabar almashish tizimlarida bir-biriga zid xabarlar paydo bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan sharq tomonda yuz berayotgan katta yong‘in suratlari paydo bo‘lgan. Suratlarning deyarli barchasi uzoq masofadan olingan.
Turli, tasdiqlanmagan manbalarga asoslanib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tarqatilgan axborotlarga ko‘ra, Tuzel qo‘rg‘onidagi aerodrom yoki shaharning sharqiy qismidagi yirik sanoat korxoanalaridan biri yonayotgan bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning biri tomonidan tarqatilgan ovozli xabarda hodisa "Rohat” posti yaqinidagi gaz quyish shoxobchalarining birida yuz bergani aytiladi.
Ma’lumot uchun, hodisaning aynan qayerda, nima sababdan sodir bo‘lgani, ko‘lami, jabrlanuvchilari haqida aniq ma’lumot yo‘q, hodisa haqida rasmiy axborot berilganicha yo‘q.




Яндекс.Метрика