У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun to'lov oshirildi

calendar 19.01.2018
982

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga ko'ra, poytaxtdagi ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga 100 so'm/m kub. miqdorida maxsus ustama haq belgilandi. Bu haqda shahar hokimi joriy yilning 12 yanvar kuni imzolagan 69-son qarorida shunday deyiladi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrida 1 m.kub suv uchun endilikda 600 so'm to'lanadi. Gap shundaki, Uy-joy kommunal xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi mablag'larini shakllantirish manbalaridan biri sifatida ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilanishi nazarda tutilgandi. Aynan mana shu vazifani bajarish maqsadida ichimlik suvi uchun to'lanadigan narx oshirilmoqda.
Qarorda aynan qaysi toifa iste`molchilar maxsus ustama haq bilan qayta hisoblangan narx bo'yicha ichimlik suviga pul to'lashi ko'rsatilmagan. Demak, bu barcha uchun birdek tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi hisoblagichini o'rnatmagan iste`molchilardan suv ta`minoti xizmati uchun oshirilgan miqdorda, ya`ni 1,5 barobarda to'lov undiriladi. Masalan, bir oyda maxsus ustama haq bilan hisoblaganda o'rtacha 9948,5 so'm to'laydi.

Ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta`minoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari to'g'risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.

Яндекс.Метрика