У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahrida "Kaptiva" avtomobili yonib ketdi

calendar 20.10.2016
3126

Toshkent shahrining Mirobod tumanida seshanba kuni taxminan tungi soat 2:00 atrofida "Kaptiva" avtomobili yonib ketdi.

Mirobod bozori yaqinidagi turar joy hududida yonayotgan "Kaptiva" suratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.

Ma`lum bo'lishicha, avtomobil ko'p qavatli uydagi xonadonlarning birida yashovchi ayolga tegishli bo'lgan.

Avtomobilning yonib ketish sabablari turlicha talqin qilinmoqda - kimdir avtomobilning elektr tarmog'idagi nosozliklar desa, yana kimdir buning qasddan amalga oshirilganini ta`kidlamoqda.

Яндекс.Метрика