У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska masalasi tez orada hal etiladi

calendar 26.11.2015
3342

Toshkent shahrida vaqtinchalik ro'yxatga qo'yish masalasi yuqori doiralarda ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz`ning Ichki ishlar vazirligidagi axborot manbasi ma'lum qildi.

Uning aytishicha, ayni paytda Toshkent shahridagi xonadonlarda vaqtinchalik ro'yxatdan o'tmasdan yashayotgan holatlar aniqlansa, bu erda qolishdan maqsadini isbotlab berishi talab qilinadi. Poytaxtda ishlab, o'qiyotgani tasdiqlansa, vaqtinchalik ro'yxatdan o'tish masalasi hal etilguniga qadar ularga nisbatan choralar ko'rilmaydi. Agarda viloyatlardagi kollej yoki maktabda tahsil olayotgani aniqlansa, o'z yashash joyiga tegishli tartibda qaytarib yuboriladi.

“Ushbu masala yaqin kunlarda o'z echimini topishi kerak, lekin uning aniq vaqti
Ma'lumot uchun, so'nggi kunlarda Toshkent shahrida turli sabablarga ko'ra vaqtinchalik ro'yxatdan o'tish istagida bo'lganlarga rad javobi berilmoqda. Bundan avvalroq esa vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish mahallalardagi profilaktika nozirlaridan tuman ichki ishlar bo'limlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlariga yuklatilayotgani haqida xabar qilingan edi.

Яндекс.Метрика