У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida barcha qulayliklarga ega bo'lgan yangi savdo markazi ko'pchilikni hayratga solmoqda

calendar 10.05.2018
1234

UCHTEPA OUTLET CENTRE savdo majmuasi O'zbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini fabrikadan to'g'ridan-to'g'ri mijozlarga yetkazib beradi. Natijada, mijozlar sifatli mahsulotlarni ulgurji narxlarda chakana sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Majmuada O'zbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlari, shuningdek Turkiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do'konlar bor.

Bolalar uchun mo'ljallangan katta maydonchada farzandlaringiz o'ynab-kulishi uchun attraksion va karusellar muhayyo qilingan. Ulardan foydalanish mutlaqo bepul.

Majmua oldidagi avtomobillar to'xtab turish joyi savdo qilishingiz va dam olishingiz uchun qo'shimcha qulaylik tug'diradi.

Яндекс.Метрика