У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent va Tehron aviareyslari soni oshadi

calendar 22.12.2015
1130

O'zbekiston va Eron aviahukumatlari reyslar sonini haftasiga 16taga qadar oshirish haqidagi kelishuvga erishishdi. Bu haqda 12news.uz sayti xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, joriy o'zgarishlarni o'z ichiga olgan memorandum o'zbek delegatsiyasining Tehronga tashrifi yakunlariga ko'ra imzolandi.

Bunga qadar esa O'zbekiston va Eron aviakompaniyalari Toshkent va Tehron o'rtasida haftasiga ikki marotabagacha reys tashkil etish huquqiga ega edi.
Yangi kelishuv Sheroz, Isfaxon, Mashhad, Samarqand va Buxoroga to'g'ridan-to'g'ri reyslar tashkil etishga imkon tug'diradi.

Avvalroq O'zbekiston milliy aviatashuvchisining Eronda o'z vakolatxonasini ochishi mumkinligi to'g'risida xabar qilingan edi. “Buning uchun Eronga nisbatan joriy etilgan barcha xalqaro sanktsiyalar bekor qilinishi kerak. Eron birinchi navbatda yuk tashish nuqtai nazaridan qiziqish bildirmoqda. Erondan sanktsiyalar olib tashlanishi bilan bizning kompaniyamiz mazkur mamlakatda o'z vakolatxonasini ochadi”, - deya qayd etdi “O'zbekiston havo yo'llari” bosh direktori Valeriy Tyan.

Яндекс.Метрика