У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent viloyatida 3 kun ichida teplovoz ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etgan

calendar 07.03.2018
982

Toshkent viloyati Bekobod shaharida “O‘zmetkombinat”ga tegishli teplovoz 60 yoshli ayolni urib yubordi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2018-yil 5-mart kuni soat 19:30 da Bekobod shahar, Nurli yo‘l mahallasida joylashgan “Buyum bozori” yaqinidagi temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan “O‘zmetkombinat” OAJga qarashli TEM-2 UM-831 raqamli teplovoz poyezdi Bekobod tumanida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan Hanifa Maxmudovani urib yuborgan.

Oqibatda jabrlanuvchi Hanifa Maxmudova olgan tan jarohatlaridan Bekobod shahar markaziy kasalxonasida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruvni Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.

Avvalroq 3-mart kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi “Obliq” temir yo‘l bekatida teplovoz piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Яндекс.Метрика