У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent viloyatida isitish moslamalari sinovdan o‘tkazildi

calendar 28.09.2015
1128

Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylar belgilangan tartibda joriy va mukammal ta’mirdan chiqarildi, yuzlab ko‘p qavatli uy-joy mavsumga tayyorlab qo‘yildi.

Viloyat hokimligining axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yillar tajribasi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kelib chiqib, ko‘p qavatli uy-joylarni mukammal ta’mirlash, aholini ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining bir yuz ellikka yaqini markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan, bir ming saksontasi lokal qozonxonalar orqali isitiladi. Ayni kunlarda ana shu tizimlarda aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, yuzdan ortiq ta’lim muassasasining tomi, ichki isitish tizimi joriy ta’mirlandi. Ulardagi singan oynalar almashtirilib, an’anaviy lampochkalar tejamkor lampalarga o‘zgartirildi. Bir yuz ellikka yaqin qozon va qozonxonalarni joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

Яндекс.Метрика