У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent viloyatida Islom Karimov faoliyatiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

calendar 25.01.2018
948

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (Solnoma)”, “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” hamda “Prezidentga maktublar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari mas’ullari, ta’lim muassasalari rahbarlari, shoir-yozuvchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tuman kengashlari xodimlari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov kitoblari ishtirokchilarga tarqatildi.

Яндекс.Метрика