У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

calendar 19.09.2016
1720

Vazirlar Mahkamasining 9-sentabrdagi qarori (pdf) bilan 2016—2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari;
  • yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari;
  • raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining prognoz parametrlari;
  • xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlarini amalga oshirish yo‘nalishlari ro‘yxati;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishning asosiy parametrlari.

Dasturning belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyat Toshkent viloyati hokimligi va hududiy tuzilmalar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga yuklandi.

Яндекс.Метрика