Toshkent viloyatining 18 kvadrat kilometr maydoni poytaxtga qo‘shiladi

2017-yilning dekabr oyida O‘zbekiston poytaxti Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hisobiga kengaytirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqilayotgani aytildi va OAVlarda boshqa tafsilotlar ko‘rinmadi. O‘zbekiston milliy axborot agentligi ayni mavzuga oydinlik kiritish maqsadida tegishli idoralar bilan bog‘landi.

Xabarda aytilishicha, Toshkentni kengaytirish borasidagi tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu loyihaga chet eldan tajribali mutaxassis va yirik kompaniyalar jalb etilgan.

Toshkent shahar bosh arxitektori Asomiddin Tojiyevning ma’lum qilishicha, yangi Toshkent ma’muriy hududi 18 kvadrat kilometr atrofidagi kattalikda kengaytiriladi. Bu ko‘rsatkich poytaxtga kiritilayotgan hududning tabiiy landshaftidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin. Toshkentning ayni damdagi o‘zgartirilmagan hududi 33,4 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha hozirda hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda.

Poytaxtga kiritilishi ko‘zda tutilgan hududlarda fotos’yomka, geologiya, injeneriya mutaxassislari ish olib bormoqda. Shuningdek, mazkur yerlardagi gaz, elektr va suv ta’minotlari darajasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar bosh arxitektorining aytishicha bu jarayon izchil mehnatni talab etadi va bu qisqa fursat ichida amalga oshiriladigan ish emas.

Manba: xabar.uz


Комментарии (0) | Добавить: 06.04.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi