Toshkent xalqaro aeroporti uzilishlar bilan ishlamoqda

O'zbekistonning bosh havo gavani - Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport terminallari xalqaro va mahalliy parvozlarni bir necha soatga qabul qilmadi. Bunga 2018 yil 6 yanvar kechasi va 7 yanvar tunida aeroport hududida quyuq tuman bo'lgani sabab bo'lgan. Kompaniya saytida bu borada e`lon berilgan. 
 
"O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi noqulay meteosharoit tufayli Toshkent aeroporti havo kemalarini qabul qilmayotganligini bildiradi.

Havo maskani atrofini kuchli tuman qoplagan, ko'rish chegarasi esa belgilangan minimumdan past. Xalqaro qoidalarga ko'ra, bunday sharoitda havo kemalarini qo'ndirish taqiqlanadi.

Hurmatli yo'lovchilar, Sizdan quyidagi telefonlar orqali qatnovlarning jo'nash va yetib kelish vaqtini aniqlashtirib olishni so'raymiz +99871 140 28 01/02/03/04.

Qatnov holatini https://www.uzairways.com/flightstatus?action=2in havolasi orqali tekshirishingiz mumkin.

Hurmatli yo'lovchilar! "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi sizning xavfsizligingiz haqida qayg'uradi va bizni to'g'ri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi”, - deyiladi milliy aviakompaniya xabarida.

Xabar yozilayotgan vaqtda, e`londagi havolada 6 ta xalqaro parvoz ushlangani haqida ma`lumot bor edi. 

Bular ZM 1029 (Bishkek), UT 805 (Moskva), FV 6971 va SU 6971 (Sankt-Peterburg), HY 602 (Moskva) hamda HY 272 (Istanbul) shaharlaridan keluvchi reyslar edi. 

Biz ko'rsatilgan raqamlardan biriga qo'ng'iroq qilib, parvozlar necha soat amalga oshirilmagani, nechta reys necha soatga kechikishi mumkinligi haqida so'raganimizda, bu haqda ma`lumot bera olmasligini hamda hech kim buni ma`lum qilmasligini aytishdi. 


Комментарии (0) | Добавить: 07.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda
Telegram o'rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko'cha boshladi
Rossiya Telegram'ning kulini ko'kka sovurmoqchi: App Store va Google Play’ga talab yuboriladi
«PSJ» yetti karra Fransiya chempioni bo‘ldi
Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi 25—26-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Opera VPN servisi aprel oxirida yopiladi
Toshkentda mast erkakning puli, telefoni va poyabzalini olib ketgan o‘g‘ri ushlandi
Tramp Suriyadagi Rossiya obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan
Pop tumanida namunaviy jamoatchilik nazorat maskani ishga tushdi
«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi