У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent xalqaro aeroportida namozxona ochildi

calendar 12.11.2017
1343

12-noyabr Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida musulmonlar uchun namozxona ochildi. “Azon.uz” muxbiri aeroport ma’lumot markazi bilan bog‘landi va bu ma’lumot rasman tasdiqlandi.

Namozxona aeroportning xalqaro yo‘nalishlarni kutish zalidagi V8 yo‘lagi oldida joylashgan bo‘lib, undan barcha yo‘lovchilar foydalanishi mumkin. Bu mamlakatga tashrif buyuruvchi musulmon sayyohlar va fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik tug‘diradi.

Avvalroq mamlakatda ziyorat turizmi assotsiatsiyasi tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangani, bu bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekturizm” tashkiloti bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgan edik.

Яндекс.Метрика