У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent yana bir tarixiy binosidan mahrum bo‘lishi mumkin

calendar 09.07.2017
4238

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanini 2017—2019-yillarda rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qabul qilingan dasturga muvofiq tumanda ko‘p sonli qurilish maydonlari vujudga keldi. Yangisini buzmay turib, eskisini buzma hikmati go‘yoki yaqin o‘tmishda qolib, uning o‘rnini boshqa: yangi qurish uchun, eskisini buzish kerak degan hikmat egallaganday.

Yuz yillar davomida turgan, zilzilalarga bardosh bergan va tegishlicha ta’mirlansa, yana bir necha asr xizmat qilishi mumkin bo‘lsa-da, binolar buzishga hukm qilinmoqda.

Shaharsozlik nuqtai nazaridan qimmatli hisoblangan obyektlar ham buzish rejasiga kiritilganligiga Mirzo Ulug‘bek tumani F. Xo‘jayev ko‘chasiga borgandan so‘ng amin bo‘ldik. U yerda respublikadagi eng qadimiy ilmiy muassasalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti joylashgan. Institut 2016-yilning yozida “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markaziga aylantirilgan edi. Bizni bu yerga qadimiy binoning buzilishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar olib keldi.

Eski binoning qarama-qarshisidagi yap-yangi yoki evrouslubda qayta ta’mirlangan binoda Buzish bo‘yicha shtab joylashganligi guvohi bo‘ldik.

Toshkent jamoatchiligi o‘tgan yuz yillik arxitektura san’atining o‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan va haqiqiy madaniy qiymatni ifodalovchi noyob namunasi buzish rejasiga tushishi mumkinligidan xavotirda.

Bir asrdan ko‘proq vaqt avval Toshkentning Yevropa qismi markazida ikkita: Aleksandrov va Kaufman yetimxonalari joylashgan. Kaufman yetimxonasi Nikolskiy qishlog‘iga tutash yer uchastkasiga ega bo‘lgan. 1912-yilning yozida ushbu yer uchastkasida yetimxonaning yangi binosi qurilishini rejalashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. 1913-yilning 22-sentabrida qurilishi boshlangan Toshkent Kaufman bolalar yetimxonasi 1916-yilning 13-dekabrida ishga tushdi.

Яндекс.Метрика