У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 10-oktabr kuni +25 darajagacha iliq bo‘ladi

calendar 09.10.2016
960

O‘zbekistonda 10-oktabr, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘lib tursa-da, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3…+8 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +5…+10 daraja, Toshkent shahrida +10…+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +10…+15 daraja, qolgan barcha hududlarda +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.

10-oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +15…+20 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent viloyatida +20…+25 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +24…+29 daraja, qolgan barcha hududlarda +22…+27 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика