У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 16-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

calendar 15.10.2016
1274

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 16-oktabr, yakshanba kuni yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 16-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 0…+5 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +3…+8 daraja, Surxondaryo viloyatida +11…+16 darajagacha, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida ham +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +10…+15 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +15…+20 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +18…+23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

16-oktabrga o‘tar kechasi va 16-oktabr kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Bundan tashqari, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va tog‘li hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика