У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 1-sentabr kuni yomg‘ir yog‘ishi va momqaldiroq bo‘lishi mumkin

calendar 31.08.2016
1827

O‘zbekistonda 1-sentabr, payshanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroqlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 1-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +16…+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +21…+22 darajagacha iliq bo‘ladi.

1-sentabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +22…+27 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +27…+32 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +30…+35 daraja, Toshkent shahrida +34…+36 daraja, qolgan hududlarda +32…+37 daraja issiq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 1-sentabrga o‘tar kechasi va 1-sentabr kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Яндекс.Метрика