У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 24-mart kuni yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

calendar 23.03.2016
949

O‘zbekistonda 24-mart, payshanba kuni havo o‘zgarib turadi, mamlakatning qator hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi.

Xabar berishlaricha, 23-mart kuni soat 20:00 dan 24-mart kuni soat 20:00 gacha bo‘lgan oraliqda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, mamlakatning tog‘li hududlarida va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

24-martga o‘tar kechasi mamlakat bo‘ylab havo harorati shimolda va tog‘li hududlarda +7…+8 darajagacha, sharqiy, markaziy va janubiy viloyatlarda +10…+15 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

24-mart kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13 daraja, Toshkent shahrida +16 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa +18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +20 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +22 darajagacha ko‘tariladi.

Яндекс.Метрика