У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 30 kishilik to'y o'tkazildi

calendar 04.07.2018
2003

Toshkent shahri Olmazor tumanining «Tepaguzar» mahalla fuqarolar yig'inida 30 kishilik to'y o'tkazildi. Bu haqda  MFY raisi Abduvali Umarjonovga asoslangan holda O'zA xabar bergan.

«Yaqinda mahallamizda ortiqcha isrofgarchiliksiz namunaviy to'y o'tkazdik. Bir yigit oila qurish niyatidaligini aytib, bizga murojaat qildi. Mahalla faollari o'zaro kengashgan holda, 30 kishilik juda chiroyli va ixcham to'y o'tkazdik. To'ydan tejalgan mablag'ni esa hamkorlar bilan kelishib, yosh oilaga kredit asosida uy olib berishga sarfladik», — degan MFY raisi.

Eslatib o'tamiz, 29 iyun kuni Olmazor tumanida bo'lib o'tgan faollar yig'ilishida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana bir bor to'y-marosimlar masalasiga to'xtalib o'tgan, olmazorliklarni 50 kishilik to'y qilishni boshlab berib, butun Toshkentga namuna bo'lishga chaqirgandi.

Яндекс.Метрика