У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 3 gektar maydonda Innovatsiya parki barpo etiladi

calendar 11.04.2018
1316

Toshkent shahridagi Innovatsiya parki Olmazor tumanida, metroning “Beruniy” bekati yaqinidagi “Universitet” ko‘chasida, 3 gektar maydonda joylashadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 6-aprelda qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Spot.

Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi joylashtiriladi. Shu yerda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosi ham quriladi.

Obyektlar 2018—2019-yillarda barpo etilishi belgilangan. Innovatsiya parki va vazirlik binosi 2019-yil 21-mart kuni ochilishi rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика