У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 3 mingta taksiga DST-07 markali taksometr o‘rnatildi

calendar 27.11.2015
1888

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi hamda yengil taksilarda taksometr uskunalarining joriy etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom ishlab chiqildi. Unga muvofiq yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida taksometr tizimi joriy etildi. Maqsad yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarga sifatli va qulay avtotransport xizmati ko‘rsatishga erishishdan iborat.

“O‘zaxborottrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham taksilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Jamiyat tomonidan xorijiy davlatlarda amalda bo‘lgan taksometr qurilmalari olib kelinib, sinovdan o‘tkazildi. Ular orasidan mamlakatimizdagi shart-sharoitlar va talablarga yaqin bo‘lgan taksometr-nazorat kassa mashinasi tanlab olindi. Bu moslama ma’lum vaqt davomida foydalanilgach, qurilma har jihatdan takomillashtirildi.

Bugungi kunda DST-07 markali taksometr-nazorat kassa mashinasi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi ruxsat etilgan fiksal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritildi. “O‘zaxborottrans” jamiyati tomonidan 3 mingta shunday qurilma taksilarga o‘rnatilib, mamlakatimiz bo‘ylab doimiy harakati ta’minlandi.

Яндекс.Метрика