Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 19-yanvar kuni soat 21:30 larda Surxondaryo viloyatidan kelgan shaxslar — 1988-yilda tug‘ilgan E.A., 1992-yilda tug‘ilgan B.M., 1993-yilda tug‘ilgan A.I., 1990-yilda tug‘ilgan A.Q., 1992-yilda tug‘ilgan J.Q. va Namangan viloyatida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan B.I. janjal chiqarishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan xabar qilinishicha, KXAY ko‘chasida joylashgan RShTYoIM binosi oldida ular o‘zaro janjal oqibatida Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Sh.A. tanasining turli joylariga temir bo‘lagi va yog‘och bilan urib, jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringanlar.
Voqea oqibatida Sh.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.M. va A.I. ushlanganlar. E.A., A.Q., B.I. hamda J.Q.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.