У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda 9- va 13-tramvaylar qatnovi 22-aprel kuni to‘xtatiladi

calendar 21.04.2016
919

Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlarining ishi 22-apreldan butunlay to‘xtatiladi. Bu haqda, “Toshshahartransxizmat”ga asoslanib, Uz24 xabar bermoqda.

Aytilishicha, ushbu yo‘nalishlarni tugatish haqidagi buyruq bugun, 21-aprel kuni chiqarilgan.

17- va 8-tramvaylar ishi taxminan 1-iyunga qadar davom etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, tramvay depolari ishchilari qayta tayyorgarlikdan o‘tib, Toshkent metropolitenida yoki “Toshshahartransxizmat”ning boshqa bo‘linmalarida ish bilan ta’minlanishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-apreldan boshlab 9-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Chilonzor-26” dahasi) va 13-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Qo‘yliq markazi”) yo‘nalishdagi tramvaylar harakatlanishdan to‘xtashi xabar berilgan edi. Ammo bu reja amalga oshmay qoldi — 20-aprel, chorshanba kuni tramvaylar qatnovni davom ettirdi.

Яндекс.Метрика