У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda avtobus va metro yo‘nalishlari bir-birini takrorlamasligi choralari ko‘rilmoqda

calendar 03.01.2017
1333

Toshkentda metropolitenga yo‘lovchilarni jalb etish uchun yer ustida shahar va shahar atrofi jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish ustida ish olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan tashishlar rentabelligini oshirish uchun yer usti transport turlari metro yo‘nalishlarini qaytarishiga yo‘l qo‘ymaslik, metro bekatlariga yo‘lovchilarni eltuvchi ayrim yo‘nalishlar masofasi va harakat chizmasini o‘zgartirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, metro bekatlari yaqinida transport yo‘nalishlarining yakuniy punktlari qurilishi belgilangan. 

Яндекс.Метрика