У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda avtomobil olib qochganlikda gumonlanayotgan 23 yoshli yigit qo'lga olindi

calendar 15.01.2016
1883

Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga mahalliy fuqarodan VAZ-2102 rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. 

Arizachi avtomobilini Uchtepa tumanida uyi oldida qarovsiz qoldirilganini ma'lum qilgan. Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs 23 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi va qo'lga olindi.

Mazkur holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика