У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda avval yopilgan yo'llar ochiladi

calendar 01.10.2016
1920

Toshkent shahrida Mustaqillik shoh ko'chasi bilan tutashuvchi yo'llarning avval yopilgan qismlari ochilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Mustaqillik shoh ko'chasi va Abdulla Qodiriy ko'chasi kesishmasi.Qurilish tehnikasi va ishchilar Mustaqillik shoh ko'chasi va Abdulla Qodiriy ko'chasi kesishmasida yo'lo'tkazgich oldidagi chiqishni tozalash ishlarini olib borishmoqda. Biroq, Toshkent shahri hokimiyati mazkur yo'llarning qachon ochilishiga oydinlik kiritgani yo'q, deya habar qilmoqda Gazeta.uz sayti. Ammo, ishlar jadallik bilan olib borilayapti. Ushbu chiqish yo'lining ochilishi shoh ko'cha bo'ylab Shahrisabz ko'chasidan Oloy bozori tomon harakatlanayotgan avtomobillar oqimini birmuncha kamaytirishga hizmat qilishi kerak. 


Yaqin kunlarda, shuningdek, o'tgan yilning iyul' oyida bekitilgan yana bir chorraha, Davlat statistika qo'mitasi binosi yonidagi Sayram 7-proYezdi bilan tutashuvi ham ochilishi kutilayapti. Bu esa, shu atrofda ishlaydigan va istiqomat qiladiganlar uchun manzilini bir necha kilometrga yaqinlashtiradi. Mustaqillik shoh ko'chasining Sayram 7-proYezdi bilan kesishmasi.


Qurilish ishlarida qatnashayotgan turli hizmat hodimlari shaharning avvalgi yillarda yopilgan turli ko'chalaridagi qatnovlar ham qayta yo'lga qo'yilishi mumkinligini aytishmoqda. Mustaqillik shoh ko'chasining Sayram 7-proYezdi bilan kesishmasi.
 
Shu bilan bir vaqtda, Mustaqillik shoh ko'chasining Oqqo'rg'on ko'chasi bilan kesishmasini ham qayta ishga tushirish bo'yicha choralar ko'rilmoqda. O'tgan yilning avgust oyida bu Yerga harakat yo'nalishini ajratuvchi qo'yilgan edi. 

Яндекс.Метрика