У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda azon aytish musobaqasi bo'lib o'tdi

calendar 24.12.2016
2540


 

Joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent islom instituti asosiy binosida “Tahfizul-Qur`on” kafedrasi tashabbusi bilan institut tarixida birinchi bor “Najotga shoshiling” nomli azon aytish mahorati musobaqasi tashkillashtirildi, deb xabar beradi O'zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

Musobaqaning asosiy maqsadi – talabalarda azonning tarixi hamda uning talaffuzi va tarannumi, fiqhiy qoidalarini o'zlashtirishlariga qiziqtirish, talabalar azonni mahorat bilan aytish malakasini hosil qilishlariga ko'maklashishdir. Dastlab, har bir kurs talabalari o'rtasida ichki musobaqa o'tkazildi va har bir kursdan ikki nafar g'olib talaba musobaqada qatnashish huquqiga ega bo'ldi. Mazkur musobaqa “savt” (ovozni jarangdor va balandligi), “tarannum” (go'zal ohang) va “to'g'ri talaffuz” (azondagi lafzlar va harflarni to'g'ri talaffuz qilish) shartlarini o'z ichiga oldi.

Yakuniy to'plangan ballar yig'indisiga ko'ra quyidagi talabalar g'olib deb topildilar: oliy o'rin - Nuriddinov Yo'ldosh, oliy o'rin - Ne`matov Muhammadyusuf, 1-o'rin - Saydaliyev MuhammadHojimirzo, 2-o'rin - Buzrukxonov Akromxon, 3-o'rin - Mansurov Muso.

G'oliblar maqtov yorlig'i va qimmatbaho sovg'alar, ishtirokchilar esa esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. 

Яндекс.Метрика