loading...

 

Toshkentda butun shahar qidirgan qiz topildi

Yunusobod tumanida yo'qolgan qiz topilgani ma'lum bo'ldi. 3 iyun kuni butun Toshkent bir kun avval maktabdan chiqib, uyga qaytmagan Nigoraning taqdiridan xavotirga tushdi.

Qizning ota-onasi, u ta'lim oluvchi 302-maktab o'qituvchilari, militsiya xodimlari va volontyorlar Nigorani qidirib butun Yunusobod tumanini qarab chiqishdi, e'lonlar yopishtirishdi. Qidiruv ishlari asosan Universam hududi atrofida olib borilgan, chunki oxirgi marta qizni shu erda ko'rishgan. Biroq maktab o'quvchisi umuman boshqa joydan topildi. Qizning otasining so'zlariga ko'ra, butun shahar Nigorani izlayotgan bir payt uning qizi Xasanboyda yashovchi dugonasinikida bo'lgan. 

Ikki dugona vaqtlarini juda chog' o'tkazgan bo'lib chiqishdi. Dastlab qizlar velosipedda uchishgan, keyin kinoteatrga borishgan, u erdan chiqib  kafeda o'tirishgan, so'ng sayr qilishgan...qarashsa soat 22:00. Dugonasi Nigora uydagilaridan gap eshitmasligi uchun uning uyida qolishni taklif qilgan. Ertalab qizlar Nigoraning qidirilayotganidan xabar topishgan. Ikkalasi ham qo'rqib ketib, indamaslikni ma'qul ko'rishgan. Shu bois dugonasining telefoni o'chiq bo'lgan.

"Kecha men shahrimizda umuman notanish kishilarga yordam berishga, ular uchun qayg'urishga tayyor insonlar borligiga ishonch hosil qildim. Sizlarga qanday qilib o'zimning ulkan minnatdorchiligimni bildirshini ham bilmayman", - deya ta'kidladi qizning otasi. 
3 iyun kuni kechqurun Nigora o'zining uyiga kelgan.

 


Комментарии (0) | Добавить: 04.06.2016

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi
AQSh siyosatiga nima bo'ldi?
“Maydon” qonli kechasiga 3 yil to'ldi
Rossiyada yanvar oyida nechta Ravon avtomobillari sotilganini bilasizmi?
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan buyon u bilan gaplashmasligini ma’lum qildi
O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi
Yigitlar orasida yangi urf – ichkuyovlik!
Rossiya neft qazib olish hajmi bo'yicha Saudiya Arabistonidan ham o'tib ketdi
Ronalduning turk serialidagi ishtiroki haqidagi ma`lumot yolg'on bo'lib chiqdi
Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda
Bill Geyts dunyoni bioterrorchilik xavfidan ogohlantirdi
Erkaklarning sochi nega to'kilishi ma'lum bo'ldi
100 dollarlik metall Meizu M5s rasman taqdim etildi
XKS ekipaji Xitoy karamining birinchi kosmik hosilini yig‘ib oldi
Shifokorlar uchun shanbaliklar bekor qilindi, biroq...
Qaysi tumanlar aholisi ish haqini to'liq hajmda naqd shaklda olishi shart?
LG G6 smartfoni qayerda va qachon taqdim etilishi rasman ma’lum qilindi