У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Galaxy A7 smartfonining yangi — 2017-yilgi versiyasi sotuvga chiqdi

calendar 14.02.2017
2629

O‘zbekistonda ekran diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan Galaxy A7 (2017) smartfoni sotuvga chiqdi.

Qurilma korpusi 3D-oyna va metall qorishmasidan iborat, u uch xil rang — qora, havorang hamda tilla ranglarda taqdim etilgan.

2016-yilgi eski turkumdan farqli ravishda, Galaxy A turkumi ilk bor IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega bo‘ldi. Shuningdek, smartfon 256 gigabaytgacha kattalashuvchi microSD xotirasi bilan jihozlandi.

Akkumulyatorning sig‘imi ham kattalashgan. Zarurat bo‘lganda smartfon “Tezkor quvvatlanish” tartibida UBS Type-C porti orqali quvvatlantirilishi mumkin.

Galaxy A (2017) turkumidagi yangi smartfonlar endi “Doim faol ekran” funksiyasiga ega: vaqt, taqvim va o‘qilmagan xabarlarni hatto qurilma “uyqu rejimi”da bo‘lganida ham ko‘rib borish mumkin.

Bundan tashqari, A7 va A5 16 megapikselli old va orqa kameralar bilan jihozlangan.

Samsung Galaxy A7 (2017) Toshkent bozorlarida 3—3,5 million so‘mdan taklif etilmoqda. Taqqoslash uchun, 2016-yilgi turkumga mansub Galaxy A7 smartfonlari hozirda 2,6 million so‘m atrofida sotilmoqda.

Яндекс.Метрика