Toshkentda ikki ulfatning mushtlashuvi o'lim bilan yakun topdi. Bu haqda "Huquq” nashri yozmoqda. Aytilishicha, asli qoraqalpog'istonlik bo'lgan Yusupboy Turganbaev Toshkent shahrida Vova Ogorov ismli shaxs bilan tanishib qolib, u bilan ulfatchilik qilgan. Ikki piyonista qurilishi bitmagan binolardan birida tunab qolishgan.
Ertalab turib, yonidagi 40 ming so'm pul
yo'qolganini ko'rgan Turganbaev Ogorovdan gumon qilib, uni kaltaklagan
va shu erning o'zida tashlab ketgan.
Voqea guvohlari tez yordam chaqirganliklariga qaramay, Ogorov voqea joyida vafot etgan.
Sud hukmi bilan Turganbaev 10 yilga qamaldi.