У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda iPhone 6S smartfoni 4,1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

calendar 02.10.2015
2404

2015-yilning 9-sentabrida taqdim etilgan Apple iPhone 6S smartfonining jahon bo‘yicha rasman sotuvga chiqqanidan bir haftadan kamroq muddatdan so‘ng O‘zbekistonda ham uning sotuv jarayoni boshlandi.

Yangi smartfonning dizayni ranglarini hisobga olmaganda (smartfonning Rose gold rangi paydo bo‘lgan), u o‘tgan yilgi iPhone 6’dan deyarli farq qilmaydi. 6S seriyasida Apple A9 protsessoridan foydalangan. Ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, u birinchi iPhone protsessoridan 70 foizga samaraliroqdir.

iPhone 6S’ning O‘zbekistondagi narxlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, poytaxtdagi "Malika” bozorida smartfonning 16 Gb xotirali versiyasi 4,1—4,2 million so‘mgacha bo‘lgan narxlarda taklif etilmoqda. iPhone 6S’ning 64 va 128 Gb xotiraga ega bo‘lgan versiyalari hozircha sotuvda yo‘q. Bundan tashqari iPhone 6S Plus modeli ham hozircha sotuvga chiqmagan.

Яндекс.Метрика