Toshkentdagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ko'ngilochar bog'ida 1 noyabrda "Azia dog show” itlar xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda Myday.uz nashri.
Ko'rgazma "Alive Planet" hayvon ishqibozlari jamiyati ko'magida tashkil etilmoqda. Tadbir davomida itlar ko'rgazmasidan tashqari, turli tanlovlar bo'lib o'tadi.
Ko'rgazmada bir necha yo'nalishlarda musobaqalar: bola va it, bolalar chizgan rasmlar, bir odamga tegishli bir zotga mansub itlar juftliklari va turli zotlarga mansub itlar juftliklari tanlovlari bo'lib o'tadi.
Shuningdek, tadbir davomida itlar uchun eng original kiyimlar tanlovi va 8 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida eng yosh xendlerlar (ko'rgazmalarda itlarni namoyish qilish san'ati bilan shug'ullanuvchilar) musobaqasi bo'lib o'tadi.