У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda jamoat transporti harakat yo'nalishlariga vaqtinchalik o'zgartirishlar kiritiladi

calendar 07.05.2018
1190

Toshkentda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko'chalarni aylanib o'tish uchun jamoat transportining harakat yo'nalishlariga vaqtinchalik o'zgartirishlar kiritiladi. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahar hokimligi O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Toshkent shahrida ikki yo'llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo'lini qurish” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo'l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo'l harakati ishtirokchilaridan uzr so'ragan.

“O'ylaymizki, hurmatli hamshaharlarimiz yo'llarda haydovchi va yo'lovchilar xavfsizligini ta`minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to'g'ri tushunadilar”, - deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика