У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda kuchli shamol tufayli uylarning shiferlari uchib tushdi

calendar 12.11.2015
2140

12 noyabr kuni tongida Toshkentda kuchli shamol kuzatildi. Natijada shaharning bir qator tumanlarida elektr simlarining uzilishi, avtomobillar ustiga daraxtlar yiqilishi holatlari ro'y bergan.

Ushbu kuchli shamol keltirgan oqibatlarni Facebook ijtimoiy tarmog'idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida qoldirilgan fotosuratlarda ko'rish mumkin. Guruhda joylashtirilgan suratlarda yiqilgan daraxt ostida qolgan avtomobillarni va yaroqsiz holga kelgan reklama banerlarini ko'rish mumkin.

"Oyna ortida qanday holat kechayotganini 8 etajda turib bildim. Anchadan beri bunaqasi bo'lmagandi. Albatta, shaharning yarmi elektr tokisiz qolgan bo'lsa kerak", deya yozadi foydalanuvchilardan biri.

"Shamol ayniqsa Chilonzorda kuchli bo'lyapti. Xuddi sahrolardagidek", deb yozadi yana bir foydalanuvchi.

"Shiferdan varrak yasab uchiradigon havo bo'lyapti", deb hazilomuz munosabat bildiradi foydalanuvchilardan biri.

Qayd etish kerakki, 12-15 noyabr kunlari davomida butun O'zbekiston bo'ylab yog'ingarchilik davom etishi kutilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog'iston va Xorazmda qor yog'ishi mumkin. Bundan tashqari, 14-15 noyabr kunlari O'zbekiston bo'ylab esadigan shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrga etishi mumkin.

Яндекс.Метрика