У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Lada Vesta avtomobili savdoga chiqarildi

calendar 11.01.2016
3970

Toshkentdagi Sardor avto dilerlik markaziga tegishli "Avtosalon- Avtoritet" savdo-ko'rgazma zalida Rossiya va Frantsiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratilgan “Lada Vesta” (Lada Vesta) avtomobilining savdosiga start berildi.

Kun.uz`ning oydinlik kiritishicha, ayni Lada Vesta sedani klassik, komfort va lyuks komplektatsiyada savdoga chiqarilgan bo'lib, mexanik tezlik uzatmalar qutili namunasining narxi 10,700 dollardan boshlanadi. “Avtomat”larning bahosi esa 11700 dan 13400 dollargachani tashkil etadi.

“Lada Vesta” (Lada Vesta) — tolyattilik muhandislarning frantsuz mutaxassislari bilan hamkorlikdagi shaxsiy ishlanmasi hisoblanadi. Butkul yangi platforma avtomobil uzunligini oshirish hamda yo'lovchilarga qulaylik yaratishga imkon berdi.

“Lada Vesta”ning dastlabki namunalari sedan kuzoviga ega bo'lsa ham, keyinchalik universal hamda xetchbeklari ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Lada Vesta bozorga 1,6 litr hajm va 106 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan chiqariladi.

Яндекс.Метрика