У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda «Leksus» haydovchisi talabani urib ketdi

calendar 19.04.2017
2222

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 14 aprel kuni jiddiy yo'l-transport hodisasi ro'y berdi. Uning oqibatida talaba qiz jabrlandi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB YHXBB.

«Leksus» avtomobilining 1995 yilda tug'ilgan haydovchisi kichik halqa yo'li bo'ylab, «Karcher» avtomobil yuvish shoxobchasi yonida harakatlanib ketayotib piyodani urib yuborgan.

Hodisa tufayli O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi bo'lgan qiz jarohat oldi. U bosh-miya jarohati va chap yelka sohasi sinishi tashxisi bilan poytaxtdagi shifoxonalardan biriga yetkazilgan.

Яндекс.Метрика