У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda mast erkakning puli, telefoni va poyabzalini olib ketgan o‘g‘ri ushlandi

calendar 16.04.2018
898

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ dahasida 14-aprel kuni o‘g‘irlik holati qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 11:30 atrofida noma’lum shaxs TTZ 2-daha, 14-uy oldida mast holda yotgan, 1988-yilda tug‘ilgan I.A.ning cho‘ntagidan pullari, MDC Prime Lite mobil telefoni, bo‘ynidagi zanjiri va oyog‘idagi poyabzalini yechib, o‘g‘irlab ketadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni TTZ 2-daha 13-uyda yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan R.H sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика