У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda mast odam mashina olib qochib, 2ta mashinaga urildi va 2 militsiyachini jarohatladi

calendar 06.01.2016
1320

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ro'y bergan ko'ngilsizlikda 3ta mashinaga zarar keltirildi, 2 nafar militsiya xodimi esa jarohat oldi. O'tgan yilning dekabr oyida sodir bo'lgan voqea tafsilotlari “Ogoh” nashrida keltirildi.

Aytilishicha, 1985 yili Olmaliq shahrida tug'ilgan A. Rinat ismli shaxs Toshkentdagi restoranlardan biri 1972 yili tug'ilgan D. Anvar bilan gap talashib qolgan. Ular bir muddatdan so'ng kelishib olganiga qaramay, Rinat “o'ch olish”ni diliga tugib qo'ygan. Shu maqsadda u tashqariga chiqib, uning Matiz rusumli avtomobilini o'g'irlab ketgan.

Voqeadan boxabar qilingan militsiya xodimlari “Halqa” tadbirini e'lon qilib, “Uch qahramon” blok posti yaqinida o'g'irlig' mashinaning yo'lini to'sishgan. Ammo Rinat mashinani to'xtatmasdan, YHXB xodimini urib ketgan. Shundan so'ng u oldidagi Nexia mashinaga urilgan, mashinani orqaga olayotganida esa boshqa bir mashinaga ham urilgan.

Shundan so'ng Rinat mashinani tashlab qocha boshlagan, ammo militsiyachilar tomonidan qo'lga olingan.

Яндекс.Метрика