У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda ommaviy to‘polon uyushtirgan o‘smirlar qo‘lga olindi

calendar 05.08.2015
4381

Toshkent shahri Shifokorlar shaharchasida ommaviy to‘polon uyushtirgan to‘pponchali o‘smirlar qo‘lga olindi. "Huquq” nashri xabar berishicha, kelishmovchilik shu hududdagi "Ofarin” restoranida o‘tgan to‘y paytida yuz bergan. Dastlab ikki guruh yoshlar pichoq, dubinka va tayoq bilan kim kuchli ekanini aniqlashga uringan. Keyingi to‘qnashuvda esa o‘smirlar pnevmatik to‘pponcha, pichoq, benzin yordamida tayyorlangan tez yonuvchi aralashma vositasida bir-biriga hamla qilgan. Ur-to‘polon payti o‘smirlardan biri jiddiy jarohatlangan, shifokorlar og‘ir ahvoldagi yigitning hayotini saqlab qolgan. Qayd etilishicha, jamiyatdagi tartibni mensimay, shafqatsizlik va odam o‘ldirishga qasd qilgan o‘smirlar tezkor tadbirda qo‘lga olingan. Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Jasur Oxunov aytishicha, mudhish hodisada qatnashganlar asosan 1994—1998-yillarda tug‘ilgan o‘smirlardir.
Яндекс.Метрика