У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda

calendar 27.05.2017
3964

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi Potrebitel.uz guruhida ajoyib post qoldirildi. Unda foydalanuvchilardan biri Makro supermarketlari tarmog'ida oq rangli qulupnay sotilayotgani xususida guruh a`zolariga savol bilan murojaat qilgan. Xabarga ilova qilingan suratda Makro supermarketlari tarmog'ida  oq tusli ananasli qulupnay 14990 so'm ekanini ko'rish mumkin. 

U ushbu oq qulupnaydan kim tatib ko'rgani, mazasi qanaqa ekaniga qiziqqan. 

E`tiborlisi, ayni savol guruhda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayrimlar ko'rinishidan hech qachon xarid qilmasligi va tatib ko'rmasligini aytsa, boshqalar gibridligi yoki tut ekani xususida fikrlarni bildirgan. 

Shu bilan birga, muhokamalarda mazkur oq qulupnay naviga oydinlik kiritilgan bo'lib, u Pineberry – Ananasli qulupnay deb atalishi ma`lum qilingan. 

Ba`zilar bu qulupnay avvallari ham bo'lgani, biroq keyinchalik yetishtirish to'xtatilgani, 3 yillar avval Toshkentda yana paydo bo'lganini bildirishgan.

Kimdir uning juda mazali  ekanini ta`kidlasa, yana biri xarid qilib, ammo mazasi yoqmagani sababli chiqindiga tashlab yuborganini ta`kidlagan. 

Яндекс.Метрика