У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda oxirgi tramvay yo‘nalishi qoldi

calendar 24.04.2016
1507

24-aprel, yakshanba kunidan e’tiboran Toshkentda 8-raqamli travmay yo‘nalishida (“Beshqayrag‘och” dahasi — Oqtepa maydoni) qatnov to‘xtadi. Bu haqda, tramvay deposi bayonotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yo‘nalish ishining to‘xtatilishi haqida bir kun oldin ma’lum qilindi. Boshqa yo‘nalishlar ham shu tarzda yopilgan edi (12- va 26-raqamli yo‘nalishlar — 12-aprelda, 9- va 13-raqamli yo‘nalishlar — 22-aprelda).

8-tramvayning o‘rnini bosgan avtobus.

Toshkentda 17-raqamli bitta tramvay yo‘nalishi (“Beshqayrag‘och” dahasi — Ippodrom) qoldi. Uning qachon yopilishi hozircha ma’lum emas.

Tramvaylar tegishli raqamlarga (T9, T13 va h.k.) ega avtobuslar bilan almashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика