У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda patrul xizmati avtomobillarining tashqi ko‘rinishi o‘zgarmoqda

calendar 23.06.2018
1852

Toshkent shahar IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmatining avtoparki bosqichma-bosqich yangilab borilmoqda. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi avtomobillar inspektorlarning kundalik xizmati uchun zarur boʻlgan barcha zarur aloqa vositalari hamda tashqi va salon ichini doimiy tasvirga olishga moʻljallangan kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Post-patrul xizmati avtomobillari ham yangi dizaynga ega bo‘lgan. “Bu tizimda olib borilayotgan o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lib, Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qo‘yayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика