У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Politexnika muzeyi ish boshlaydi

calendar 01.08.2015
1400

Toshkentning Mirobod tumanida yangi Politexnika muzeyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. "O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Politexnika muzeyi ikkita — ekspozitsion va interfaol hududlardan tashkil topadi. Ekspozitsion hududda mehmonlar retro avtomobillar, dastlabki qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan tanishishlari, shuningdek, GM Uzbekistan kompaniyasining Tico’dan boshlab Orlando’ga qadar bo‘lgan barcha modellari, O‘zbekistonning asosiy avtomobil zavodlari va ularning mahsulotlari maketlarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan "Kinetik kichik sharlar” installyatsiyasi va 3D-mapping shousi muzeyga tashrif buyurganlar uchun ayniqsa qiziqarli bo‘ladi. Interfaol hududda namoyish qilingan eksponatlar esa tabiiy fanlarni anglab yetish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bu yerda raqsga tushuvchi robotlar, sirli Eysma xonasi, oynali labirint, "Interaktiv pol” va X-box hududlarida ajoyib kompyuter o‘yinlari bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Яндекс.Метрика