У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda qalbaki pul yasovchilar qo'lga olindi

calendar 26.01.2017
2104

O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining maxsus operatsiya o'tkazishi natijasida Qirg'izistondan olib kirilgan valyutani tarqatish bilan shug'ullangan qalbaki pul yasovchilar faoliyatiga chek qo'yildi. Bu haqda MXX matbuot xizmatida ma`lum qilingan.

"Tezkor xodimlar bir guruh shaxslar Toshkentda qalbaki valyuta partiyasini sotmoqchiligi haqida ma`lumot olishgan. O'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 100 dollarlik 77 ta qalbaki banknota "Qo'yliq" buyum bozori hududida sotilmoqchi bo'lganda Namangan viloyatida yashovchi Maxkamjon Saypiddinov ushlangan", deyilgan xabarda.

Saypiddinov so'roq qilinganda, u bu qalbaki pullarni jinoiy guruhning boshqa bir a`zosi – Namangan viloyatida yashovchi Sardor Ergashevdan olgani aniqlangan. Ergashev keyinroq turar joy manzili bo'yicha qo'lga olingan.

O'zbekistonga qalbaki valyuta partiyasi boshqa davlatlar hududida ham faoliyat ko'rsatuvchi qalbaki pul yasovchilar guruhi a`zlori tomonidan yetkazib berilgan. Tergov idoralari bu voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqdalar. 

Яндекс.Метрика